Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MAHALLADA AHOLI MUROJAATLARI BO‘YICHA QABUL TASHKIL ETILDI

MAHALLADA AHOLI MUROJAATLARI BO‘YICHA QABUL TASHKIL ETILDI

07 май 2024 йил
99
0

Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev tumanning 1-sektor hududidagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, aholi murojaatlari bo‘yicha qabul o‘tkazdi.

Hokim qabuli aholi bilan samimiy muloqot tarzida kechdi. Qabul davomida aholi o‘zlarida mavjud bo‘lgan muammolar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qilishdi.

Qabul davomida tuman hokimi aholi murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan aholini oilaviy tadbirkorlikka yo‘naltirish, tomorqadan samarali foydlanib, ko‘proq daromad olish, oilaviy tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida ham batafsil so‘z yuritdi.

Shuningdek, mol-mulk va yer soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarni o‘z vaqtida to‘lash lozimligi, soliqlarning yurtimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар