Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “MAHALLA YETTILIGI” BILAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

“MAHALLA YETTILIGI” BILAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

28 март 2024 йил
169
0

Forish tuman hokimi 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi vakillari bilan birgalikda tumanning 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida mahallada vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, aholi tomorqasidan samarali foydalanib, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish va har bir oilada oila a’zolari hisobiga 1,5 million so‘mdan daromad olishiga erishish haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, muloqot davomida mahallada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish va mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Tuman hokimi yuqorida bayon etilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga zarur tavsiya va topshiriqlar berdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар