FORISH TUMAN HOKIMI “O‘XUM” MAHALLASIDA BO‘LIB AHOLI TOMORQASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI
Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiev 1-sektor hududidagi “O‘xum” mahallasida bo‘lib, mahallada aholi tomorqasidan foydalanish, issiqxonalarning tashkil etilishi bilan tanishdi.
Shuningdek tuman hokimi “O‘xum” mahallasida aholi bilan muloqot qildi.Muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar ham o‘rganildi.
Mahallada aholi tomorqasidan samarali foydalanishni ta’minlash, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, tomorqachilarga barcha zarur yordamlarni ko‘rsatish yuzasidan tegishli mutasaddilarga Muhtaram Prezidentimizning tomorqadan samarali foydalanish yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan toshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Forish tuman hokimligi Axborot xizmat.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)