FORISH TUMANI MAHALLA RAISLARI TAJRIBA ALMASHISH, AHOLI TOMORQASIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI O‘RGANISH MAQSADIDA SAYXUNOBOD VA BO‘KA TUMANLARIDA BO‘LISHDI
Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida bo‘lib, aholi tomorqasidan samarali foydalanish, shu hisobdan oilalar daromadini oshirish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar bergan edi. Ayni kunda ana shu topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida ishlar boshlab yuborildi.
Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Ikrom Narziyev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Qahramon Nazarov va tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sanjar Hafizov bosh tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari aholi tomorqasidan samarali foydalanish, har bir oilada kichik issiqxonalar tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va tajriba almashish maqsadida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod hamda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanlaridagi mahallalarda aholi tomorqasida ekin ekish, kichik issiqxonalar tashkil etilishi va tomorqadan samarali foydalanib, har bir oila a’zosi daromadini 1,5 millionga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishishdi.
Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari o‘zaro tajriba ham almashishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.