Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MAHALLIY KENGASHLAR VAKILLARINING MAS’ULIYATI YANADA OSHMOQDA

MAHALLIY KENGASHLAR VAKILLARINING MAS’ULIYATI YANADA OSHMOQDA

23 февраль 2024 йил
89
0

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan va sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgan islohotlar asnosida “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyil izchillik bilan hayotga joriy qilinmoqda.

Joriy yil 2-fevral kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilishga, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ayni kunlarda ushbu tarixiy farmon bilan belgilab berilgan yangi model - “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoidalar nafaqat mahalliy Kengashlar deputatlari, balki keng jamoatchilik vakillari tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda, o‘rganilmoqda.

Bu bejiz emas, chunki bu mahalliy Kengashlarga berilayotgan qo‘shimcha vakolatgina emas, balki ular zimmasiga yuklanayotgan ulkan mas’uliyat hamdir. Endi saylovchilar ham o‘z vakillariga ovoz berishar ekan, bo‘lajak deputatdan aniq natijalarni talab qilish imkoniga ega bo‘lishadi.

 Farmon bilan jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda ushbu hududda istiqomat qilayotgan aholining fikrini inobatga olish, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, shaharsozlik, transport va hududning infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 33 ta vakolat Kengashlar ixtiyoriga o‘tkazilmoqda.

Birgina ta’lim sohasini olib ko‘raylik. Endilikda tegishli hududda davlat bog‘cha va maktablarini tashkil etish bo‘yicha qaror aynan mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi. Muayyan hududdagi ehtiyojni har tomonlama o‘rgangan holda, qaysi hududda, mahallada yangi maktab yoki bog‘cha tashkil etish kerak, qaysi birini kengaytirish, qaysisini tugatish kerakligini aholi irodasining ko‘zgusi bo‘lmish xalq vakillari hal etadi.

Umuman olganda, Farmonda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi mahalliy Kengashlar ish samaradorligini oshirish, joylardagi aholi manfaatlarini himoya qilish, hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarga imkon qadar tezroq yechim topish imkonini berishi shubhasiz.

Ra’no DAULANOVA,
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati,

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

SOLIQ QARZDORLIKLARI UNDIRILMOQDA
04 январь 2024, Четверг
SOLIQ QARZDORLIKLARI UNDIRILMOQDA
XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING SESSIYASI
28 декабрь 2023, Четверг
XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING SESSIYASI
FORISH TUMANIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA BAG‘ISHLANDI
20 ноябрь 2023, Понедельник
FORISH TUMANIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA BAG‘ISHLANDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар