SOLIQ QARZDORLIKLARI UNDIRILMOQDA
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda soliq qarzini undirish sohasida tub islohotlar olib borilmoqda.
Soliqlarning o‘z vaqtida va to‘la hajmda undirilishi mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini hamda ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa qudratining oshishini ta’minlaydi. Shuningdek, byudjetga hisoblangan soliqlarning o‘z vaqtida to‘liq undirilishi respublika va mahalliy hokimiyat organlari zimmasidagi ichki va tashqi majburiyatlarning bajarilishida muhim ahamiyatga egadir.
Majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi tomonidan soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega jismoniy va yuridik shaxslarning soliqdan bo‘lgan qarzdorliklarini undirishda umumiy yurisdiksiya sudlari hamda soliq organlari qarorlariga asosan amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijro varaqasiga asosan “Nurak kapers” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 20 million so‘m bo‘lgan soliq qarzdorligi to‘liq undirildi.
Abduhakim TAJIBOEV,
majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi davlat ijrochisi.