Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISHDA OTA-ONASIDAN ERTA JUDO BO‘LGAN 3 NAFAR YOSHLARGA ZAMONAVIY UY-JOYLAR TOPSHIRILDI

FORISHDA OTA-ONASIDAN ERTA JUDO BO‘LGAN 3 NAFAR YOSHLARGA ZAMONAVIY UY-JOYLAR TOPSHIRILDI

28 ноябрь 2023 йил
65
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9 avgustdagi “'Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216- son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli “Etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tumanidagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga barcha sharoitlarga ega zamonaviy uy-joylar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda Forish tuman hokimi o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov, Jizzax viloyat hokimiligi Bolalar masalalari bo‘yicha kotibyat mudiri D.Pardaeva, Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik L.Yaxshilikov, Tuman Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i mayor S.Soatov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonodilov, Xalq deputatlari Forish tuman kengashi kotibyat mudiri Ra’no Doulanova, hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yoshlarga yangi uylarning kalitlarini tantanali ravishda topshirdilar.
Tadbirda so‘z olganlar, yangi xonadon sohiblarini quvonchli kun bilan samimiy tabriklashib, bugungi kunda mehrga muhtoj bo‘lgan farzanlarni har tamonlama qo‘llab- quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlarni ta’kidlab o‘tishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

MEHRGA TASHNA DILLARGA QUVONCH BAXSH ETIB
25 ноябрь 2023, Суббота
MEHRGA TASHNA DILLARGA QUVONCH BAXSH ETIB
SAMARQANDGA SAYOHAT
22 ноябрь 2023, Среда
SAMARQANDGA SAYOHAT
FORISHLIK NURONIYLAR BUXORO SHAHRIGA SAYOHAT QILISHDI
14 ноябрь 2023, Вторник
FORISHLIK NURONIYLAR BUXORO SHAHRIGA SAYOHAT QILISHDI
AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
05 ноябрь 2023, Воскресенье
AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар