Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

28 декабрь 2023 йил
127
0

Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Forish tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ikrom Matiyev boshqarib bordi.

Sessiyada dastlab deputatlar tomonidan Forish tumanining 2024-yilga mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala qarab chiqildi. Ushbu masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri Shukur Qoraboyev ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sanjar Hafizovning tuman bo‘yicha 2024-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘i hamda yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblashning minimal miqdoriga koeffitsientlarni qo‘llash to‘g‘risidagi axboroti eshitildi va muhokama qilindi.

Sessiyada deputatlar tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dildora Rustamovaning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktyabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini tumandagi ijrosi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i Yorqin Nurqulovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Bundan tashqari sessiyada tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va “Ayollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risidagi, tuman hokimining o‘rinbosari Komiljon Karimov “Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentyabrdagi PQ-373-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarorlarining ijrosi yuzasidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, ulardan dehqon xo‘jaliklari va yuridik shaxslarga fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarishi bo‘yicha tayyorlangan loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi axborotlari eshitildi.
Sessiyada tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati rahbari Xolmurod Turdiboyev O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2023-yilning 9-oyi davomida amalga oshirilgan ishlar”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov “Forish tuman Xalq qabulxonasining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini o‘rganish yuzasidan axborot berishdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nodira Karimova ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар