Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMAN HOKIMI SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

FORISH TUMAN HOKIMI SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

11 декабрь 2023 йил
85
0

Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir katta-kichik rahbarning asosiy vazifasi aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishdir.

 Xuddi shu maqsadda Forish tuman hokimi, tumanning 1-sektor rahbari Ikrom Matiуev 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahallasi, Mixin qishlog‘ida joylashgan 47-umumta’lim maktabida sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov ishtirok etdi.

 Aholi farovonligini ta’minlash, yashash sharoitlarini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallalarda obodonlashtirish, qurilish, ta’mirlash ishlari, ichimlik suv, elektr va gaz ta’minoti, yo‘l qurilishi va shu kabi fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishda tumanda sezilarli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim.

Sayyor qabulda 14 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 9 nafar fuqarolarning murojaati shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi.
Qabulda tumanning tegishli korxona va tashkilot, tijorat banklari rahbarlari, mahalla mutasaddilari ishtirok etishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

SAYYOR QABUL – XALQ BILAN OCHIQ VA FAOL MULOQOT
13 декабрь 2023, Среда
SAYYOR QABUL – XALQ BILAN OCHIQ VA FAOL MULOQOT
SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR YECHIMI BIRGALIKDA IZLANDI
12 декабрь 2023, Вторник
SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR YECHIMI BIRGALIKDA IZLANDI
AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
12 декабрь 2023, Вторник
AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
MAHALLADA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
24 ноябрь 2023, Пятница
MAHALLADA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар