Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI

12 декабрь 2023 йил
48
0

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov Forish tuman 3-sektor hududidagi “Oybek” nomli mahallada ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. Mahallada joylashgan 33-umumta’lim maktabida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda Forish tuman hokimi Ikrom Matiev, sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Ommaviy sayyor qabulda 13 nafar fuqarolar tabiiy gaz ta’minoti, mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash, davolanishda ko‘maklashish, bandlikni ta’minlash va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha murojaat qildilar. Tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish yo‘llari izlandi.

Ommaviy sayyor qabulda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan 5 nafar yoshlarni kontrakt to‘lovlarini, “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida o‘quv kursida o‘qiyotgan 2 nafar yoshlarni to‘lovlarini to‘lab berish yuzasidan sertifikatlar topshirildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR YECHIMI BIRGALIKDA IZLANDI
12 декабрь 2023, Вторник
SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR YECHIMI BIRGALIKDA IZLANDI
FORISH TUMAN HOKIMI SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
11 декабрь 2023, Понедельник
FORISH TUMAN HOKIMI SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
FORISH TUMANIDA OMMAVIY SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI
04 ноябрь 2023, Суббота
FORISH TUMANIDA OMMAVIY SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар