Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MAHALLADA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

MAHALLADA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

24 ноябрь 2023 йил
57
0

Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir katta-kichik rahbarning asosiy vazifasi aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishdir.
Xuddi shu maqsadda Forish tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov tumanning 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Mahallada joylashgan 27-umumta’lim maktabida tashkil etilgan fuqarolar sayyor qabulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlari va mas’ullari hamda mahallada istiqomat qiluvchi aholi ishtirok etdi.
Aholi farovonligini ta’minlash, yashash sharoitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallada obodonlashtirish, qurilish, ta’mirlash ishlari, elektr va gaz ta’minoti, yo‘l qurilishi va shu kabi fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi.
Qabulga kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot bo‘ldi. Fuqarolar murojaatlari tinglanib, qayd etib borildi. 6 nafar fuqaroning murojaati shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi. Qolgan murojaatlar o‘rganish uchun tegishli tashkilotlarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар