Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » KONSTITUTSIYA BILIMDONI ANIQLANDI

KONSTITUTSIYA BILIMDONI ANIQLANDI

07 декабрь 2023 йил
55
0

Barkamol avlod mamlakatimiz kelajagining hal qiluvchi kuchidir. Shu sababli yurtimizda yoshlarni har tomonlama yetuk farzand etib tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki, yoshlarni huquqiy madaniyatini shakllantirishda, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini bilish, ularga amal qilish muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda Forish tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Forish tuman Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan tumandagi umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar tomonidan e’tirof etilganidek, bugun jamiyat hayotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik, istiqbolli o‘zgarishlarning guvohi bo‘lamiz. O‘zbekistonda dunyoni yangicha idrok etadigan, haq-huquqi uchun kurashadigan, o‘z taqdirini xalqi vatani taqdiri bilan uyg‘un ko‘ruvchi yangi avlod shakllanayotgani buning yorqin misolidir.
Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
Tadbir qatnashchilari belgilangan shartlar asosida puxta tayyorgarlik ko‘rishganligini, mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar haqida o‘z tushunchasiga ega ekanligini ularning tayyorlagan fotoalbom, insho va she’riy namunalaridan iborat ko‘rgazmalaridan ham ko‘rish mumkin. Yoshlik shijoati jo‘shib turgan o‘g‘il-qizlar har bir shart bo‘yicha o‘zlarining huquqiy hamda siyosiy jihatidan bilimli ekani bilan hakamlarning, ustoz murabbiylar va tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘lishdi.
Tanlovda Forish tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Dildora Haydarova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tanlovda ishtirok etgan yoshlarga tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Forish tuman Kengashining maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

BILIMDON YOSHLAR BELLASHUVI
09 декабрь 2023, Суббота
BILIMDON YOSHLAR BELLASHUVI
PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
18 октябрь 2023, Среда
PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
FORISH TUMANIDA “XALQARO QIZLAR” KUNI NISHONLANDI
11 октябрь 2023, Среда
FORISH TUMANIDA “XALQARO QIZLAR” KUNI NISHONLANDI
YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK
10 октябрь 2023, Вторник
YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар