Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

18 октябрь 2023 йил
102
0

Forish tumanida joylashgan “Forish tog‘” o‘quv harbiy poligonida Forish tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlari ishtirokida “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” shiori ostida prokuror va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazishdir.

Ochiq muloqot davomida Jizzax harbiy prokurori Otabek Haydarov yurtimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor, amalga oshirilayotgan islohotlar, ezgu tashabbuslar hamda yoshlarni ilm olishi, kasb-hunar egallashi borasida amalga oshirilayotgan g‘amxo‘rliklar haqida ta’kidlab o‘tdi.

Samimiy, yurakdan qilingan suhbat yoshlarni qiziqtirayotgan savollarga ulanib ketdi. Shuningdek, uchrashuvda yoshlarga mamlakatimiz armiyasining kuch-qudrati va salohiyati haqida ham ma’lumotlar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар