Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “KONSTITUTSIYA HAFTALIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

“KONSTITUTSIYA HAFTALIGI” DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

05 декабрь 2023 йил
59
0

Har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir.
Konstitutsiyada umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalari, rivojlangan xorijiy davlatlarning huquqiy amaliyoti hamda o‘zbek davlat tarixchiligi an’analari, ko‘p asrlik milliy urf-odatlarimiz, buyuk ajdodlarimizning tarixiy tajribalari va insonparvarlik g‘oyalari chuqur singdirilganligini uning har bir moddasidan anglash mumkin.
Shu kunlarda barchamiz tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz bir yilligini ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlamoqdamiz.

Shunday tadbirlardan biri Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida joylashgan 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Konistitutsiya xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va faravon hayot asosi" shiori ostida òtkazildi. Tadbirda jajji bolajonlar ona-Vatanimizni, baxtli bolalikni madh etuvchi qo‘shiq va she’rlarini aytib, raqsga tushishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар