Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK

YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK

10 октябрь 2023 йил
622
0

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi, ularning ulug‘ ajdodlarimizga munosib vorislar bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.
Hozirgi globallashuv sharoitida dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy tahdidlarning oldini olish, turli yot g‘oyalar ta’siridan yoshlarni himoya qilish masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar ongini yot g‘oyalar ta’siridan asrash, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, jinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm illatlarining oldini olishga ko‘maklashish lozim.
Forish tumanida ham “Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asraylik!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri tumanning 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahallasida joylashgan 47-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda maktab o‘qituvchilari, yuqori sinf o‘quvchilari, ota-onalar ishtirok etishdi.
Tadbirda din ishlari qo‘mitasining Forish tumanidagi mutaxassisi Javohir Mamadaliev, tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi rahbari Nodir Solievlar so‘zga chiqishib, yoshlar ongini turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari, internet tarmoqlari orqali turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, doim ogoh va hushyor bo‘lish haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga “Ogoh bo‘ling” nomli videoroliklar namoyish etildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар