Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “BOG‘DON” MAHALLASIDA “BO‘SH ISH O‘RINLARI” MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI

“BOG‘DON” MAHALLASIDA “BO‘SH ISH O‘RINLARI” MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI

01 ноябрь 2023 йил
87
0

Bugungi kunda Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida ishlar amalga oshirilmoqda.
Forish tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Yoshlar ishlari agentligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan mahallada joylashgan Amir Temur nomli 1-umumta’lim maktabida “Bog‘don” mahallasida vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida jami tumandagi 6 ta korxona, tashkilotlar o‘zlarining 14 ta mavjud “bo‘sh ish o‘rinlari” bilan ishtirok etdi.
Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan 5 nafar ishsiz fuqarolar yo‘llanma asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 799-sonli qarori asosida haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 3 nafar fuqaroga tumandgi korxona va tashkilotlardagi vakant o‘rinlarida ishlash taklif etildi. 4 nafariga “Aholi bandligi to‘g‘risida” gi qonuni to‘g‘risida va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq maslahatlar berildi.
Shuningdek, mehnat yarmarkasida ishtirok etgan ishsiz fuqarolarga “Jizzax shahridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligida” xorijiy ish beruvchilar ishtirokida o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish orqali bandligi ta’minlanish imkoniyatlari to‘g‘risida ham targ‘ibot ishlari olib borildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар