Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH YAXSHILANDI

AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH YAXSHILANDI

18 ноябрь 2023 йил
76
0

Forish tumani 2-sektor hududidagi “Garasha” mahallasi tumaning eng uzoq va chekka mahallasi. Bu mahallada ham tuman hokimligi tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, salomatligini mustahkamlash borasida belgilangan dasturlar doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, mahallaning Mexoyam qishlog‘ida 1200 nafardan ziyod holi istiqomat qiladi. Hozirga qadar bu qishloqda hashar yo‘li bilan eski usulda qurilgan oilaviy shifokorlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinayotgandi.

Yaqinda Mexoyam qishlog‘ida zamonaviy usulda qurilgan yangi oilaviy shifokorlik punkti qurilib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan holda foydalanishga topshirildi.

Qishloq ahli yaratilayotgan bunday imkoniyat va shart-sharoitlardan mamnun.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар