Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

MAHALLA OBOD – YURT OBOD

25 октябрь 2023 йил
123
0

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasi tumandagi eng katta mahallalardan. Bu mahallada 667 ta oilada 2653 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Keyingi yillarda “Bog‘don” mahallasida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga munosib turmush sharoitini yaratish borasida tilga olsa arzigulik ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining tashabbusiga asosan hududlarda tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosida ishlar olib borilmoqda. Ushbu tamoyil asosida “Bog‘don” mahallasi tanlab olingan bo‘lib, bu borada ishlar boshlab yuborildi.

Prezidentimizning 2023 yil 2 maydagi “2023 – 2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mahallada aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash borasida bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunda “Bog‘don” mahallasining Bog‘don ko‘chasida “Meros” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 4 km. 100 metr ichimlik suv tarmog‘ini yangilash ishlari olib borilyapti. Bundan tashqari, “Bog‘don” ko‘chasining yuqori qismi ta’mirlanib, asfalt qoplama yotqizildi. Umuman mahallani obod va ko‘rkam maskanga aylantirish borasidagi keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

IJTIMOIY KO‘MAKKA MUHTOJ XONADONLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI
24 октябрь 2023, Вторник
IJTIMOIY KO‘MAKKA MUHTOJ XONADONLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI
JAMOATCHILIK NAZORATLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
12 октябрь 2023, Четверг
JAMOATCHILIK NAZORATLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар