Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

OILAVIY TADBIRKOR HIMMATI

17 ноябрь 2023 йил
74
0

Forish tumani 2-sektor hududidagi “Garasha” mahallasidagi Hamdambuloq qishlog‘ida yashovchi Po‘lat Eshqobilov bugun farzandlari bilan oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, oilasi farovonligini ta’minlab kelayotgan yurtdoshlarimizdan.

Oila sohibi Po‘lat Eshqobilov yaqinda farzandlari bilan maslahatlashib, xayrli ishga qo‘l urdi. Aholi va shu qishloqdan 79-umumta’lim maktabiga qatnovchi maktab o‘quvchilari qishloq yonidagi soydan o‘tishda ayniqsa, yog‘ingarchilik kezlarida ancha qiyinchiliklarga duch kelishayotgan edi.

Po‘lat Eshqobilov farzandlari bilan maslahatni bir joyga qo‘yib, o‘z hisoblaridan soyga qo‘prik qurishga kirishdi. Ko‘prik qurilishi uchun barcha qurilish materiallarini o‘z hisoblaridan olishdi.

Himmati baland tadbirkor oila tomonidan bunyod etilgan ko‘prik bitib, 2-sektor rahbariyati, mahalla aholisi va yoshlar ishtirokida foydalanishga topshirildi. Mahalla ahli hamqishloqlari ko‘rsatgan himmati uchun Po‘lat Eshqobilov oilasiga samimiy minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар