Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANI “GARASHA” MAHALLASIDA KO‘PRIK QURILIB, FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

FORISH TUMANI “GARASHA” MAHALLASIDA KO‘PRIK QURILIB, FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

15 ноябрь 2023 йил
154
0

Forish tumani 2-sektor hududidagi “Garasha” mahallasidagi Garasha soydan yog‘ingarchilik mavsumlarida ko‘p miqdorda oqib o‘tadigan suv aholini u qishloqdan bu qishloqqa o‘tib qaytuvchilarga ancha noqulayliklar keltirib chiqarayotgandi. Ana shular inobatga olinib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022 – 2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Garasha soyning Qo‘rg‘on qishlog‘ida ko‘prik qurishga kirishildi. Ko‘prik qurilishi uchun 5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Ko‘prik qurilishini “Elitstroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari amalga oshirishdi.

“Garasha” mahallasida Garashasoyga qurilgan ko‘prikning foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahalla aholisi jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Forish tuman hokimi Ikrom Matiev tumanda inson qadrini yuksaltirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda mahalla ahli nomidan so‘zga chiqqan Ilhom Shamsiev aholiga shunday qulayliklarni yaratib berayotgani uchun muhtaram Prezidentimizga mahalla ahli nomidan minnatdorchilik izhor etdi.

Shundan so‘ng alvon lenta qirqilib, ko‘prik foydalanishga topshirildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH YAXSHILANDI
18 ноябрь 2023, Суббота
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH YAXSHILANDI
OILAVIY TADBIRKOR HIMMATI
17 ноябрь 2023, Пятница
OILAVIY TADBIRKOR HIMMATI
AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTI YAXSHILANADI
06 ноябрь 2023, Понедельник
AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTI YAXSHILANADI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар