Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANINING ENG OLIS VA CHEKKA HUDUDI BO‘LGAN “DO‘STLIK” MAHALLASIDA YANGI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

FORISH TUMANINING ENG OLIS VA CHEKKA HUDUDI BO‘LGAN “DO‘STLIK” MAHALLASIDA YANGI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

26 октябрь 2023 йил
67
0

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Do‘stlik” mahallasi tumanning eng olis va chekka mahallasi hisoblanadi.
Mahallaning Majrum qishlog‘i qo‘shni Navoiy viloyati Nurota tumani bilan chegaradosh. Hozirgacha bu qishloqda birorta ham maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emas edi.

Yaqinda Majrum qishlog‘ida 100 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.

Uning foydalanishga topshirish marosimida mahalla oqsoqollari, faollar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishib, bu maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘g‘il-qizlarning barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar va yurtimizda “Inson qadri uchun” degan tamoyil asosida amalga oshirilayotgan ishlarni dildan e’tirof etishdi.

Mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 100 o‘rinli bo‘lib, uni bunyod etish uchun 3 milliard 500 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Ushbu yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi hisobiga qishloqda vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan 24 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар