Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » YOZUVCHI MAMADALI MAHMUDOV XOTIRASIGA BAG‘ISHLANDI

YOZUVCHI MAMADALI MAHMUDOV XOTIRASIGA BAG‘ISHLANDI

27 октябрь 2023 йил
77
0

Forish tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hamda uning “O‘lmas qoyalar” kitobida ko‘tarilgan g‘oyalar yuzasidan yosh kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Amir Temur nomli 1-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi B.Bo‘ltakova, tuman axborot kutubxona markazi xodimi M.Ayosovalar yoshlarga yozuvchi Mamadali Mahmudovning hayoti va ijodi, uning “O‘lmas qoyalar” asarining g‘oyalari haqida batafsil so‘zlab berdilar.

Yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) 1943 yil 12 dekabrda Forish tumani Bog‘don qishlog‘ida tug‘ilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi va boshqa bir qator vazifalarda mehnat qilgan.

Davra suhbati savol-javobga boy tarzda mazmunli o‘tdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

KITOBXONLAR BILAN DAVRA SUHBATI
17 октябрь 2023, Вторник
KITOBXONLAR BILAN DAVRA SUHBATI
FORISH TUMANIDA "OCHIQ OSMON OSTIDA KUTUBXONA"
12 октябрь 2023, Четверг
FORISH TUMANIDA "OCHIQ OSMON OSTIDA KUTUBXONA"
ATOQLI ADIBNING KITOB TAQDIMOTI
11 октябрь 2023, Среда
ATOQLI ADIBNING KITOB TAQDIMOTI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар