Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

KITOBXONLAR BILAN DAVRA SUHBATI

17 октябрь 2023 йил
168
0

Forish tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinyapti.

Ana shunday tadbirlardan biri tumanning 3-sektor hududidagi Oybek nomli mahallada joylashgan 33-umumta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlari bilan bo‘lib o‘tdi.
Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan 33-umumta’lim maktabida atoqli adib Said Ahmad hayoti, ijodiy faoliyati va adibning “Yo‘qotganlarim va topganlarim” deb nomlangan kitobi asosida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida tuman axborot kutubxona markazi xodimi Mahbuba Ayasova, 33-umumta’lim maktabi kutubxonachisi V.Muqumovalar atoqli adib Said Ahmad hayoti va ijodiy faoliyati hamda adibning “Yo‘qotganlarim va topganlarim” deb nomlangan kitobi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berishdi.

“Hayotning ming bir chig‘iridan omon o‘tgan tuhmatlarga, malomatlarga bir er kishi bo‘lib chidagan, sog‘ligini dushmanlari yillar davomida yemirgan, bir sabr bardoshli o‘g‘lon to‘g‘risida ustozlarning piri madadkor bo‘lsin deb yozishga jur’at qildim” deb yozadi atoqli adib Said Ahmad o‘z asarida.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар