Forish tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hamda uning “O‘lmas qoyalar” kitobida ko‘tarilgan g‘oyalar yuzasidan yosh kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Amir Temur nomli 1-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi B.Bo‘ltakova, tuman axborot kutubxona markazi xodimi M.Ayosovalar yoshlarga yozuvchi Mamadali Mahmudovning hayoti va ijodi, uning “O‘lmas qoyalar” asarining g‘oyalari haqida batafsil so‘zlab berdilar.
Yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) 1943 yil 12 dekabrda Forish tumani Bog‘don qishlog‘ida tug‘ilgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi va boshqa bir qator vazifalarda mehnat qilgan.
Davra suhbati savol-javobga boy tarzda mazmunli o‘tdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.