Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

ASR VABOSIDAN OGOH BO‘LING!

26 октябрь 2023 йил
72
0

Giyohvandlikka “asr vabosi” deya ta’rif beramiz. Unga qarshi nafaqat illat, balki global ofat sifatida kurashamiz. Chunki bugun ana shu xatar insoniyat salomatligi, taqdiri va hatto kelajagiga rahna solayotgani sir emas.
BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan sal avval e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra: dunyoda giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar soni 10 yil ichida 23 foizga o‘sib, 240 million 296 ming nafarga yetgan.
Shuningdek, bu illat bilan bog‘liq kasalliklardan aziyat chekuvchilar 2011 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan davrda 45 foizga oshib, 39,5 million kishini tashkil etgan.
Bunday o‘sish dinamikasiga sayyoramiz aholisi ko‘payishidan tashqari, yoshlar o‘rtasida sintetik giyohvand moddalar ommalashayotgani ham sabab bo‘lmoqda. Negaki, bunday zararli vositalar nisbatan arzonligi, oson va tez ishlab chiqarilishi bois noqonuniy bozorlarni shiddat bilan “zabt etmoqda”.
Ana shunday omillar inobatga olinib, yurtimizda “Asr vabosi”ga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining o‘tgan yil qabul qilingan “Aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, joriy yil 1 yanvardan boshlab, narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish bo‘yicha barcha tibbiy tekshiruvlar narkologik dispanserlarning o‘zida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshirilmoqda.
O‘z navbatida, qarorga muvofiq aholi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida psixoaktiv moddalar iste’mol qilishning oldini olish va barvaqt aniqlashga qaratilgan profilaktika tizimi ishlab chiqilishi bu sohadagi dadil qadam bo‘ldi.
Qolaversa, yaqinda e’lon qilingan “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida ham bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga doir vazifalar belgilab berildi.
Giyohvandlikka ruju qo‘ygan har bir kishi undan istagan paytda voz kechaman, deb o‘ylaydi. Lekin, bu balodan voz kechish juda qiyin va xavfli kasallik hisoblanadi. Chunki buning uchun insondan katta kuch va iroda talab qilinadi. Har bir yigit va qiz ma’nan yetuk, jismonan barkamol bo‘lsa, zararli odatlardan yiroq bo‘lsa, o‘z iroda kuchini tarbiyalay olsa va doim maqsad sari intilsa bu girdob domiga tushmaydi.
Shunday ekan, har birimiz doim ogoh va hushyor bo‘lib yashashimiz, bor bilim va salohiyatimizni yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida sarf qilishimiz lozim.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

ODAM SAVDOSIGA YO‘L YO‘Q
27 октябрь 2023, Пятница
ODAM SAVDOSIGA YO‘L YO‘Q
FORISH TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
26 октябрь 2023, Четверг
FORISH TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
OGOHLIK VA HUSHYORLIK – DAVR TALABI
12 октябрь 2023, Четверг
OGOHLIK VA HUSHYORLIK – DAVR TALABI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар