Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

ODAM SAVDOSIGA YO‘L YO‘Q

27 октябрь 2023 йил
105
0

Odam savdosi butun insoniyatga qarshi asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Odamdan eksplutatsiya maqsadlarida foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar oshib borishi tendensiyasi bunday ijtimoiy xavfli qilmishlar oxir oqibatda jamiyatning demokratik negizlariga tajovuz qilishi bilan milliy xavfsizlikka ham tahdid soladi.
Afsuski, dunyo bo‘ylab keng miqyosda targ‘ibot-tashviqotlar olib borilishiga qaramay, har yili millionlab insonlar odam savdosi qurboniga aylanib qolmoqda. Ular orasida ayniqsa, ayollar, keksalar, hatto yosh bolalar, go‘daklar ham bor.
O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashishga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi konvensiyani, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu konvensiyasini to‘ldiruvchi “Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qo‘yish va uning uchun jazolash haqida”gi protokolni ratifikatsiya qildi. “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga doir tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekistonda eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa tabiiy huquqlari bo‘lib, ularni ta’minlash Konstitutsiya bilan kafolatlanadi. Qonunda odam savdosi uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi shaxs erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlaridan biri hisoblanadi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili taxminan 2 million 700 mingdan ortiq kishi odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Xalqaro ekspertlarning baholashicha, ushbu jinoyatchilik natijasida olinayotgan yillik daromad miqdori 7 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan. Tashvishlanarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizi ayol va bolalardir. Har yili dunyo bo‘yicha 600-800 ming nafar ayol va bolalar aldov yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, odam savdosining har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish xalqaro va mintaqaviy darajada jiddiy yondashuv va o‘zaro hamkorlikka asoslansagina yaxshi samara berishi mumkin.
Zero, odam savdosi, uning insoniy huquq va erkinliklarini g‘ayriqonuniy va g‘ayri axloqiy ravishda aynan inson tomonidan kamsitilishi, yo‘qqa chiqarilishi – kechirib bo‘lmas jinoyatdir.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар