Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

FORISH TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

26 октябрь 2023 йил
72
0

Yurtimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida kamol toptirish, ularni ma’naviyatimizga yot zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib, internet tarmoqlaridagi xizmatlardan foydalanuvchilar orasida yoshlarning tobora ortib borishi, bu borada har birimizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishimizni talab etmoqda.
Ana shular inobatga olinib, Forish tumanida ishchi guruh tuzilib, mahallalarda, ta’lim muassasalarida, korxona, tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi tumanning 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida joylashgan Amir Temur nomli 1-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Din ishlari qo‘mitasining Forish tumanidagi mutaxassisi Javohir Mamadaliev, ma’naviyat-ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari Nodir Soliev so‘zga chiqib, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish, diniy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mutaassib oqimlar tomonidan ijtimoiy tarmoq platorfmalarida ilgari surilayotgan davolar, yoshlar o‘rtasida diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalari tarqalishining oldini olish yuzasidan so‘z yuritdilar.
Tadbir davomida mavzuga oid videoroliklar ham namoyish etildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар