Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » OGOHLIK VA HUSHYORLIK – DAVR TALABI

OGOHLIK VA HUSHYORLIK – DAVR TALABI

12 октябрь 2023 йил
2 943
0

Yurtimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida kamol toptirish, ularni ma’naviyatimizga yot zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib, internet tarmoqlaridagi xizmatlardan foydalanuvchilar orasida yoshlarning tobora ortib borishi, bu borada har birimizni yanada hushyor va ogoh bo‘lishimizni talab etmoqda.
Shu bois ham Forish tumanida ishchi guruhi tuzilib, mahallalarda, ta’lim maskanlarida, tashkilot va muassasalarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri tumanning 3-sektor hududidagi “Oqtepa” mahallasida joylashgan 6-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Din ishlari qo‘mitasining Forish tumanidagi mutaxassisi Javohir Mamadaliev, ma’naviyat-ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari Nodir Solievlar so‘zga chiqib, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish, diniy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mutaassib oqimlar tomonidan ijtimoiy tarmoq platformalarida ilgari surilayotgan da’volar, yoshlar o‘rtasida diniy aqidaparastlik va mutaassiblik g‘oyalari tarqalishining oldini olish yuzasidan so‘z yuritdilar.
Tadbir davomida tadbir ta’sirchanligini oshirish maqsadida videoroliklar ham namoyish etildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар