Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » 21 OKTYАBR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

21 OKTYАBR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

21 октябрь 2023 йил
407
0

O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzi sanaladi. Shu jihatdan olib qaraganda, Davlat tili sifatidagi maqomi Konstitutsiyamizda alohida mustahkamlab qo‘yilgan.
1989 yil 21 oktbyarda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgandi. Bugun mana shu tarixiy voqeaga roppa-rosa 34 yil to‘ldi. Respublikamizda «O‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to‘g‘risida»gi Qonunining qabul qilinishi mustaqilligimizga tashlangan ilk dadil qadam deb baholash mumkin. Chunki, o‘sha tahlikali davrda xalq, millat taqdiri uchun o‘ta ahamiyatga molik bo‘lgan bunday qonunning qabul qilinishi oson kechmagan.
Shuning uchun ham bu o‘z davrida tom ma’noda olamshumul voqea bo‘lgan edi. Axir o‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring-a, dunyoga Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk siymolarni yetishtirib bergan xalqning tiliga e’tibor haminqadar edi.
Istiqlol yillarida o‘zbek tiliga e’tibor batamom ijobiy tomonga o‘zgardi, tilimiz taraqqiyotida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Eng quvonarlisi, o‘zbek tilining xalqaro maydondagi obro‘yi oshdi hamda uning bor go‘zalligi va jozibasi to‘la namoyon bo‘la boshladi. Olimlar va mutaxassislarimiz tomonidan o‘zbek tilida ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik hamda o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.
Buyuk mutafakkirlarimiz tilni millatning ruhi, qiyofasiga qiyoslashadi. Chunki, millatning madaniyati, ilm-fan sohasida erishgan barcha yutuqlari tili orqali namoyon bo‘ladi. Til nafaqat muomala vositasi balki yuqorida aytganimizningdek, xalqning madniyati turmush tarzi, tarixini ham o‘zida ifodalaydi. Shuning uchun ham barcha davrlarda millatlar elatlar tilini rivojlantirish, uni sofligicha saqlab qolish uchun tinmay izlanganlar. Birgina, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyni oladigan bo‘lsak, uning yaratgan asarlari o‘zbek tilining naqadar boyligini dunyoga tarannum etgan. Inson uchun til qaysi millatga mansubligini belgilab beruvchi omil sanaladi. Qachonki, inson o‘z tili bilan faxrlana olsa, hayotda o‘zini bekamu-ko‘st sanaydi.
Albatta, xorijiy tillarni o‘rganish kishi dunyo qarashi-yu tafakkurini kengaytiribgina qolmay, unda o‘zga tillarga hurmat va ehtirom ruhini shakllantiradi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlaydi.
Sayyoramizda eng ko‘p aholi so‘zlashadigan til sifatida xitoy, ingliz va ispan tillari tan olingan. Birinchi o‘ntalikka hind, bengal, arab, partugal, nemis, rus va yapon tillari kirarkan. Tahlilchilarning fikricha, hozirda dunyoda xitoy va ingliz tillari foydalanish bo‘yicha o‘z mavqeini oshirib bormoqda. Foydalanuvchilar soni bo‘yicha ayni damda ingliz tili yetakchilik qilayotgan bo‘lsada, XXI asrning o‘rtalariga borib, xitoy tili dunyoga asosiy til bo‘lib qolishi mumkin ekan.
Xo‘sh, tilni asrab qolish uchun eng avvalo nima qilish kerak, degan savol tug‘iladi. Buning uchun farzandlarimiz ongiga ona tilimizni mazmun-mohiyatini bolaligidanoq chuqur singdirib borishimiz zarur bo‘ladi. Bola oiladayoq o‘z tilida to‘g‘ri so‘zlashishni o‘rgansa, bog‘chada, maktabda bu boradagi bilimlarini yanada boyitsa uning qalbida ona tiliga bo‘lgan cheksiz hurmat, ehtirom tuyg‘usi qaror topadi.
Badiiy asarlarni mutolaa qilish ham har birimizning so‘z boyligimiz oshishiga olib keladi. Chunki, nazm va nasrda yozilgan asarlarimizni ijodkorlarimiz, o‘zbek tilining imkoniyatlaridan keng foydalanishganki, bu bizning so‘zlashuv madaniyatimizni rivojlantiradi.
O‘zbek tilining imkoniyatlari nihoyatda katta. Lekin, tilimizdan foydalanishda ba’zan oddiy qoidalarga e’tibor bermaymiz va qonun talablarni buzib qo‘yamiz. Kuzatishlarmizdan kelib chiqadigan bo‘lsak, har kuni ko‘cha-kuyda keta turib, biror bir manzil, korxonaga, tashkilot, savdo shunga o‘xshash tadbirkorlik faoliyatini ko‘rsatuvchi sarlavhalarga ko‘zingiz tushib, ko‘nglingiz xira tortadi. Ularning ayrimlari imlo xato bilan yozilgan bo‘lsa, ba’zi birlari o‘zbek rus tillari aralash ifodalangan. Mana shunday sarlavhalarni yozishda, o‘zbek tili lug‘atidan foydalanilsa, rus tilidagi atamalarning o‘zbek tilidagi tarjimasi berilsa, maqsadga mavofiq bo‘lardi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар