EKSTREMIZM VA TERRORIZM BILAN BOG‘LIQ TAHDIDLARDAN OGOH BO‘LING
Forish tumani 4-sektor hududidagi “Osmonsoy” mahallasida joylashgan 20-umumta’lim maktabida tuman ishchi guruhi tomonidan o‘qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Din ishlari qo‘mitasining Forish tumanidagi mutaxassisi Javohir Mamadaliev, tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi rahbari Nodir Solievlar yosh avlodning turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish, internet, jahon axborot tarmog‘idan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish masalalariga to‘xtalib, unga qarshi kurashishda barcha, ayniqsa, yoshlar faol bo‘lishi lozimligini ta’kidlashdi.
Targ‘ibot tadbiri davomida barchani ogohlikka chorlovchi videoroliklar ham namoyish etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.