Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » EKSTREMIZM VA TERRORIZM TINCHLIK VA TARAQQIYOTGA TAHDID

EKSTREMIZM VA TERRORIZM TINCHLIK VA TARAQQIYOTGA TAHDID

18 октябрь 2023 йил
92
0

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahallasida joylashgan 12-umumta’lim maktabida “Ekstremizm va terrorizm tinchlik va taraqqiyotga tahdid” mavzusida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Din ishlari qo‘mitasining Forish tumanidagi mutaxassisi Javohir Mamadaliev, tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi rahbari Nodir Soliev hamda 12-umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Davra suhbati tarzida tashkil etilgan tadbirda o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga milliy tafakkurni, ma’naviy va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash, hozirgi kunda internet tobora eng kuchli ijtimoiy ta’sirga ega bo‘lib borayotgani, bugungi kunda islom dinini niqob qilib noinsoniy harakatlarni olib borayotgan terrorchilik tashkilotlarining kirdikorlari haqida so‘z yuritildi. Turli videoroliklar namoyish etildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар