Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

06 ноябрь 2024 йил
21
0

Bugun Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman saylov komissiyasi raisi Shavkat Islomovning joriy yil 27 oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Tuman saylov komissiyasi raisi oʻz soʻzida saylovga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish jarayonlarini nafaqat tumanimiz ahli, partiyalarning vakolatli vakillari, balki xorijiy davlatlardan kelgan 2 nafar kuzatuvchilar ham kuzatib, oʻz fikrlarini bildirib borishganini, jumladan, saylov komissiyasiga ish sharoitlari yaratib berish, saylov uchastkalarini jihozlash, zamonaviy aloqa va raqamli texnologiya vositalari bilan taʼminlanganligiga yuqori baho berishganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Forish tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Sessiyada ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzaax viloyat Xalq Qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov Jizzax viloyati hokimi tomonidan Forish tumani hokimi lavozimiga Ikrom Sindarovich Matiyevning nomzodi ko‘rsatilganligini bildirdi.

Ikrom Sindarovich Matiyev Forish tumani hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Shundan so‘ng tuman hokimligiga nomzod Ikrom Sindarovich Matiyev hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar, qoʻlga kiritilgan yutuqlar, joylarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bilan birgalikda tumanni rivojlantirishning istiqboliga moʻljallangan “Forish tumanini 2025-2029-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” dasturi bilan yig‘ilganlarni tanishtirib o‘tdi.

Ikrom Sindarovich Matiyev bildirilgan ishonch uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, viloyat rahbariyati va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga minnatdorlik bildirdi hamda bu ishonchni oqlash uchun bor bilimi, tajribasi va salohiyatini ishga solishga vaʼda berdi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar Botir Karimov, Asad Ergashev, Nodir Solievlar so‘zga chiqib, mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Shuning bilan Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi yakunlandi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар