Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiyani Forish tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ikrom Matiev boshqarib bordi.
Sessiyada dastlab “Tumanda aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning ma’suliyatini oshirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Ikrom Narziev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Qahramon Nazarov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sanjar Hafizovlarning hisobotlari tinglandi.
Shundan so‘ng sessiyada tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqovning Forish tumanida aniqlangan zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan 10 ta “drayver” loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturini tasdiqlash bo‘yicha xisoboti tinglandi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilovning mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini o‘rganish hamda 2024 yilning aprel oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va murojaatlardagi muammolar bilan ishlash bo‘yicha axboroti ham tinglandi.
Sessiyada Xalq deputatlari Forish tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibiga nomzodlar tavsiya etish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
Sessiya ishida Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Bozorgul To‘raeva ishtirok etdi.
Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.