XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ikrom Matiyev boshqarib bordi.
Sessiyada dastlab tuman saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish hamda Xalq deputatlari Forish tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risidagi masala qarab chiqildi. Ushbu masala yuzasidan sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Farrux Shomurodov axborot berdi.
Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Ushbu masalalar yuzasidan tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Ikrom Narziyev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Qahramon Nazarov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sanjar Hafizovlarning hisobotlari tinglandi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Abror Sarabekovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilarining may, iyun oylaridagi faoliyatini o‘rganish hamda 2024-yilning 6 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va murojaatlardagi muammolar bilan ishlash bo‘yicha axboroti eshitildi.
Shuningdek, sessiyada tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatovaning “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati rahbari podpolkovnik Xolmurod Turdiboyevning tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2024-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari ham tinglandi.
Sessiyada Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nodira Karimova, hududiy viloyat saylov komissiyasi a’zosi Hafiza Qudratovalar ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.