XALQ DEPUTATLARI FORISH TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ikrom Matiyev boshqarib bordi.
Sessiyada dastlab deputatlar tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining bajarilishini ta’minlash hamda byudjetning daromadlar bazasini oshirish, yangi ish o‘rinlari barpo etish to‘g‘risidagi masala qarab chiqildi. Bu haqda tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov axborot berdi.
Shundan so‘ng tuman hokimining qurilish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farruh Amirovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli, 2023-yil 2-maydagi PQ-146-sonli hamda 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan tuman hokimining qurilish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farruh Amirovning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, sessiyada tuman hokimining qishloq xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Komiljon Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-106-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 641-sonli qarorlarining tumandagi ijrosi, tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga kiritish to‘g‘risida, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Ikrom Narziyev tumanning 2-sektorida 2023-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berishdi.
Sessiyada shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati rahbari Xolmurod Turdiboyevning O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tumanda jamoat xavfsizligi ta’minlash borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshevning 2023-yil davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida, majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Bobobekovning majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisobotlari ham eshitildi.
Bundan tashqari sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasining tuman sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar ahvoli to‘g‘risida axboroti va tumandagi “Bog‘don” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish to‘g‘risidagi masala ham qarab chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov axborot berdi.
Deputatlar sessiyada tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi bosh mutaxassisi Yusuf Sa’dullayevning, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Furqat Yuldoshevning hamda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Adiba Jabborovaning 2023 yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlarini ham eshitishib, muhokama qilishdi.
Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.