Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “QONUN HAMISHA USTUVOR” LOYIHASI DOIRASIDA

“QONUN HAMISHA USTUVOR” LOYIHASI DOIRASIDA

23 октябрь 2024 йил
28
0

Forish tuman adliya bo‘limi va “Forish tongi” gazetasi bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash, jamoat fondining “Qonun hamisha ustuvor” grand loyihasi doirasida Forish tumanining eng chekka va uzoq mahallasi bo‘lgan "Do‘stlik”" mahallasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Forish tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, aholiga korrupsiya muammosi va unga qarshi kurash masalasi hozirgi davrning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanishi, bu illatning keng quloch yoyishi o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelishi, korrupsiya xususan, demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi, iqtisodiy rivojlanishning sekinlashishiga, oqibatda barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishiga va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘lishi, korrupsiyaga qarshi kurashishga barcha fuqarolar faol ishtirok etishi lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, targ‘ibot tadbirida “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risida”gi qonuni haqida ham ma’lumotlar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI
16 сентябрь 2024, Понедельник
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
14 июнь 2024, Пятница
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
MAHALLADA TARG‘IBOT TADBIRI
06 май 2024, Понедельник
MAHALLADA TARG‘IBOT TADBIRI
XOTIN-QIZLAR HUQUQ VA MANFAATLARI QONUN HIMOYASIDA
01 февраль 2024, Четверг
XOTIN-QIZLAR HUQUQ VA MANFAATLARI QONUN HIMOYASIDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар