“FORISH TONGI” GAZETASI TAHRIRIYATI TANLOV G‘OLIBI BO‘LDI
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi asosida e’lon qilingan grant loyihasining 2-tanlovida Forish tuman hokimligi muassisligidagi “Forish tongi” gazetasi tahririyati jamoasi “Qonun hamisha ustuvor” grant loyihasi bo‘yicha tanlov g‘olibi bo‘lib, jamoat fondining 69 million so‘m grant mablag‘ini qo‘lga kiritdi.
Tanlov g‘olibini qutlaymiz!
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)