XOTIN-QIZLAR HUQUQ VA MANFAATLARI QONUN HIMOYASIDA
Jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi, tuman adliya bo‘limi, fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi, tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman xotin-qizlar bo'limi va “Forish tongi” gazetasi tahririyati hamkorlikda “Forish tongi” gazetasi tahririyatining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining “Xotin-qizlarni huquqlari qonun himoyasida”, “Gender tenglik, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish”, “Oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish” grand loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi raisi Sobir Sodiqov, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Oybek Yo‘ldoshev, fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi raisi Erkin Umurzoqovlar so‘zga chiqishdi.
Tadbirda Prezidentimiz tashabbusi, g‘oyalari asosida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday shakliga murosasiz kurashish, jamiyatda, turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalari va boshqa joylarda xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yanada yaxshilash va shu kabi masalalarga to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbirda bu kabi tadbirlarni hamkorlikda tumandagi mahallalarda ham tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.