KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI
Jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri korrupsiyadir. Insoniyatni tashvishga solayotgan ushbu ijtimoiy illat, ya’ni korrupsiya inson huquqlarining buzilishiga, hayot sifatining yomonlashishiga olib keladi.
Shu sababli unga qarshi kurashish barchaning oldida turgan dolzarb vazifa.
Forish tuman adliya bo‘limi, “Forish tongi” gazetasi xalq deputatlari Jizzax viloyat kengashi huzuridagi jamoat fondi grant loyihasi doirasida tumanning uzoq va chekka mahallasi “Garasha” mahallasida joylashgan 80-ixtisoslashtirilgan maktabda “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” deb nomlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga korrupsiya jinoyatining og‘ir oqibatlari, uni keltirib chiquvchi omillar, korrupsiya jinoyatini sodir etganlarga nisbatan ko‘riladigan jazo choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.