IJTIMOIY HIMOYA REESTRIGA KIRITILGAN OILALAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
Forish tumani 2-sektor hududidagi “Mustaqillik” mahallasi oltiligi tomonidan mahallada yashovchi ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar daromadini oshirish, ular muammolarini o‘rganib hal etish maqsadida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mahallada xonadonma-xonadon yurish orqali olib borilayotgan o‘rganishlar davomida oilaning har bir a’zosi bilan oila daromadini oshirish, tomorqadan samarali foydalanib, ko‘proq daromad qilish borasida suhbatlar o‘tkazilayapti.
Shuningdek, xonadonma-xonadon yurish davomida ushbu oilalar muammolari ham batafsil o‘rganilayapti.
O‘rganish davomida aniqlanayotgan muammolar yuzasidan mahalla va sektor rahbariyati hamkorligida ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.