Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » KUZ-QISH MAVSUMUGA TAYYORGARLIK DOLZARB VAZIFA

KUZ-QISH MAVSUMUGA TAYYORGARLIK DOLZARB VAZIFA

11 октябрь 2024 йил
7
0

Forish tumanida 2024 – 2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, uni betalafot o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi, tashkilot va muassasalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida elektr energiyasi va gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan o'rganish va targ'ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, ishchi guruhlari tomonidan 2-sektor hududidagi “Garasha” mahallasida joylashgan 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumida ko'ngilsiz holatlar sodir bo'lishining oldini olish maqsadida o'rganish ishlari olib borilayapti.

Shuningdek, o‘rganish davomida tuman ishchi guruhlari tomonidan aholi o‘rtasida kuz-qish mavsumida turli ko‘ngilsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik, is gazidan zaharlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish bo‘yicha ham targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Ishchi guruhlari tomonidan aniqlangan kamchilik va muammolar ishchi guruh a'zolari ko'rsatmasi asosida mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар