Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » 2024 – 2025 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BORASIDAGI ISHLAR ATROFLICHA MUHOKAMA QILIB BORILMOQDA

2024 – 2025 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BORASIDAGI ISHLAR ATROFLICHA MUHOKAMA QILIB BORILMOQDA

16 сентябрь 2024 йил
9
0

Forish tuman hokimligida 2024 – 2025 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan tuman shtabining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishni tuman hokimi Ikrom Matiyev boshqarib bordi.

Shtab yig‘ilishida tumandagi to‘rtta sektor rahbarlari, korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, shtab va tuman ishchi guruhi a’zolari ishtirok etishdi.

Ayni kunda tumanda 2024 – 2025 kuz-qish mavsumiga har tomonlama puxta taraddud ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish maqsadida kommunal soha tashkilotlarida, ijtimoiy va iqtisodiy soha ob’ektlarida, aholi xonadonlarida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilishda tuman hokimi Ikrom Matiyev so‘zga chiqib kommunal, ijtimoiy va iqtisodiy soha ob’ektlari hamda aholi xonadonlarini 2024 – 2025 kuz-qish mavsumiga puxta hozirlash, kuz-qish mavsumida turli ko‘ngilsiz hodisalarning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada tuman ishchi guruhlari a’zolari xonadonma-xonadon yurib aholi o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirishlari lozimligini ta’kidlab, tegishli mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Kengaytirilgan shtab yig‘ilishida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар