“YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA “DOLZARB 30 KUNLIK” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Forish tumanida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kunlik” tadbirlari doirasida tumandagi barcha 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida, korxona, tashkilot, muassasalarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Tadbirlarda tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib borilayapti.
Jumladan, Forish tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Dolzarb 30 kunlik” oyligi doirasida tumandagi "Egizbuloq" mahallasida Forish tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda Qizil yarim oy jamiyati xodimlari ishtirokida tabiiy hamda texnogen favqulotda vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rish, bunday vazitatlarda harakat qilish bo'yicha o‘quv seminar o'tkazildi.
Seminarda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javoblar oldilar hamda favqulodda holat sodir bo'lganda evakuatsiya rejasi tuzish bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'ldilar. Seminarda mavzuga oid hujjatli filmlar namoyish etildi.
Bu kabi tadbirlar tumanning boshqa mahallalarida ham amalga oshirilishi ko'zda tutildi.