MAHALLADA AHOLI BILAN MULOQOT
Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Forish tumani 1-sektor hududidagi “O‘xum” mahallasidagi Asraf qishlog‘ida joylashgan 46-umumta’lim maktabi filialida Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Jumladan, mahalla aholisi tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, mahalladagi o‘quvchi-yoshlarni avtobus bilan ta’minlash, kredit olishda ko‘maklashish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi tegishli tashkilotlar tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning hal etish yo‘llari izlandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.