AHOLI BILAN MULOQOT
Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Forish tumani 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasidagi Ilonli qishlog‘ida joylashgan 11-umumta’lim maktabi filialida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va hal etish uchun tegishli tuman tashkilotlari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Qabul avvalida Doston Jonadilov va Abdumannon Saidxonovlar so‘zga chiqib, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ko‘p bolali oilalarga nafaqa tayinlash hamda qonunchilikka kiritilgan boshqa o‘zgarishlar haqida aholiga batafsil ma’lumotlar berishdi. Shundan so‘ng aholi muammolari tinglandi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan elektr energiyasi, suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, davolanishda ko‘maklashish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, mahallaga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish va boshqa shu kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi. Tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning hal etish yo‘llari izlandi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilot rahbarlariga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.