Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » Forish tuman iqtisodiyot va moliya bo’limining tuman mahalliy budjetining 1-chorak ijrosi to’g’risidagi hisoboti

Forish tuman iqtisodiyot va moliya bo’limining tuman mahalliy budjetining 1-chorak ijrosi to’g’risidagi hisoboti

10 апрель 2024 йил
23
0

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-886-sonli Qonuni, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi VI-50-301-3-0-K/23-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 99-moddasi hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 27-dekabrdagi 01-20-08-01-33/429-sonli xatiga asosan Forish tumanining 2024-yil uchun mahalliy budjetini qabul qilish bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yil 29 dekabrdagi VI-65-129-3-53-K/23-sonli qarori  qabul qilingan.

Tuman mahalliy budjet daromadlarining 2024 yil 1-chorak aniqlangan rejasi
12923,5 mln.so‘m qilib belgilangan bo‘lib, mahalliy budjetga haqiqatda tushgan daromad 13135,5 mln.so‘m bo‘lib, rejaga nisbatan 212,0 mln.so‘mga, ya'ni
101,6 foizga ortigi bilan bajarildi.

Tuman mahalliy budjet xarajatlarining 2024 yil 1-chorakda aniqlangan rejasi
33899,2  mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda qilingan harajatlar 31086,2 mln.so‘m, rejaga nisbatan 91,7 foizga bajarildi. Jumladan, 1-guruh harajatlar (ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar) ning aniqlangan rejasi 17828,8 mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda 16960,8 mln.so‘mga, rejaga nisbatan 95,1 foizga, 2-guruh harajatlari (yagona ijtimoiy to‘lovlar) aniqlangan rejasi 4451,4 mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda 4157,1 mln.so’mga, rejaga nisbatan 93,4 foizga, 4-guruh harajatlari (boshqa harajatlar) aniqlangan rejasi 11619,0 mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda 9968,3 mln.so‘mga, rejaga nisbatan
85,8 foizga ijro etildi.

2024 yil 1-chorakda yuqori budjetdan tuman mahalliy budjetiga
15686,6 mln.so‘m tartibga soluvchi budjetlararo transfert ajratildi. Buning natijasida tumandagi budjet tashkiloti hodimlarining ish xaqlarining 2-yarmi har oyning 1-5 sanalarida, avans to‘lovlari hamda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlari 15-18 sanalarida moliyalashtirilishi ta'minlandi.

 Bundan tashqari 2024 yilning oʻtgan davrida mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari 1109,2 mln.soʻm quyidagi tadbirlarga yoʻnaltirilidi.

Jumladan;

2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag’lari hisobidan:

-           “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga 173,0 mln.soʻm;

-        Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga 387,0 mln.soʻm;

-        Hokimiyatlarning xoʻjalik xarajatlari va moddiy bazasini mustaxkamlash uchun 20.0 mln.soʻm;

-        Madaniy-sport tadbirlar, festivallar, umumxalq va milliy bayramlarga

100.0 mln.soʻm;

-        Boshqa xarajatlarga 429.2 mln soʻm mablagʻlar yoʻnaltirildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар