Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » Forish tuman bo‘yicha 2024-yilda jamoatchilik fikri asosida g‘olib takliflarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish to‘g‘risida

Forish tuman bo‘yicha 2024-yilda jamoatchilik fikri asosida g‘olib takliflarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish to‘g‘risida

17 апрель 2024 йил
34
0

2024 - yil    17- Aprel                           VI-68-42-3-53-K/24                         Forish tuman                     

 

Forish tuman bo‘yicha 2024-yilda jamoatchilik fikri asosida g‘olib takliflarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-noyabrdagi 425-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Forish tuman Kengashi

 

QAROR QILADI:

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-5072-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori va 2022-yil 26-yanvardagi “Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QQ-302-IV-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Forish tumani bo‘yicha 2024-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Buyurtmachilar belgilangan tartibda iqtisodiyot va moliya vazirligining DMBAT dasturida (4017) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochish chorasini ko‘rsin. Ushbu g‘olib bo‘lgan takliflar to‘liq moliyalashtirilib bo‘lingandan so‘ng (kassa xarajatidan) ortgan mablag‘ o‘n ish kuni ichida Forish tuman hokimligi qoshida ochilgan fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘liq qaytarish vazifasi yuklatilsin. olib bo‘lgan 9 ta takliflar uchun jami 11570.0 mln so‘m mablag‘ ajratish vazifasi topshirilsin:

1-o‘rin: 4054 ta ovoz to‘plagan taklif (ID:032316390004) bo‘yicha “Sayyod MFY Katta-Bog‘don qishlog‘idan o‘tib bolalar oromgohlariga boruvchi ichki yo‘lni asfalt qoplamasi yotqizib ta’mirlash”  taklifi uchun 1360,0 mln.so‘m mablag‘ni "Jizzax mintaqaviy yo‘llarga byurtmachi xizmati" DUKga;

2-o‘rin: 3651 ta ovoz to‘plagan taklif (ID:032325231004) bo‘yicha “Do‘stlik MFY Majrum qishlog‘ini ichki yo‘lni asfalt qilish” taklifi uchun 1360,0 mln.so‘m mablag‘ni "Jizzax mintaqaviy yo‘llarga byurtmachi xizmati" DUKga;

3-o‘rin: 2790 ta ovoz to‘plagan taklif (ID:032328017004) bo‘yicha “Narvon MFYdagi Eshbo‘ldi, Etbo‘riboy, Chorbog‘ qishloqlari xamda Narvon ota Ziyoratgoxiga olib boruvchi ichki yo‘llarga sifatli asfalt qoplama yotqizish” taklifi uchun 1360,0 mln.so‘m mablag‘ni "Jizzax mintaqaviy yo‘llarga byurtmachi xizmati" DUKga;

4-o‘rin: 2575 ta ovoz to‘plagan taklif (ID:032329540004) bo‘yicha «Oqtepa MFY O‘rtaqishloq mahallasiga Yashil maydon o‘yingoxini qurish mahallada sportning mini futbol turini rivojlantirish» taklifi uchun 750,0 mln.so‘m mablag‘ni "Jizzax viloyat hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati" IK DUKga;

5-o‘rin: 2545 ta ovoz to‘plagan taklif (ID:032301174004) bo‘yicha «Ilonli MFY Ilonli qishlog‘i markazidagi shag‘al yo‘lni beton yoki asfalt qoplama bilan qurish» taklifi uchun 1360,0 mln.so‘m mablag‘ni "Jizzax mintaqaviy yo‘llarga byurtmachi xizmati" DUKga;

6-o‘rin: 2480 ta ovoz to‘plagan taklif (ID:032301578004) bo‘yicha «Bog‘don MFY hududidagi Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi moddiy-texnika bazasini shakllantirish» taklifi uchun 1300,0 mln.so‘m mablag‘ni "Forish tuman Ixtisoslashtirilgan maktabiga"

7-o‘rin: 2479 ta ovoz to‘plagan taklif (ID:032311257004) bo‘yicha «Oqtepa MFYdagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-umumta’lim maktab binosiga sport zal qurish» taklifi uchun 1360,0 mln.so‘m mablag‘ni "Jizzax viloyat hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati" IK DUKga;

8-o‘rin: 2339 ta ovoz to‘plagan taklif (ID:032318671004) bo‘yicha «Qoraobdol ota MFY Xasan ota qishlog‘idan Shox Usmon qishlog‘igacha bo‘lgan yo‘lni asfaltlashtirish» taklifi uchun 1360,0 mln.so‘m mablag‘ni "Jizzax mintaqaviy yo‘llarga byurtmachi xizmati" DUKga;

9-o‘rin: 2160 ta ovoz to‘plagan taklif (ID:032318671004) bo‘yicha «Qoraobdol ota MFY Yo‘llisoy qishlog‘ining ichki yo‘llarni mablag‘ yetguncha asfalt qilish» taklifi uchun 1360,0 mln.so‘m mablag‘ni "Jizzax mintaqaviy yo‘llarga byurtmachi xizmati" DUKga;

  1. Tuman hokimligi bosh xisobchisiga g‘olib deb topilgan takliflarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan ilovada keltirilgan amalga oshirishning aniqlangan qiymati miqdorida mablag‘ ajratish vazifasi yuklatilsin.
  2. Tuman Gʻaznachilik bo‘linmasi (O.Egamov)ga shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda “Davlat haridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga qat’iy rioya etilganligi yuzasidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirish hamda mablag‘larni tegishli tartibda moliyalashtirilishini ta’minlasin. Ushbu mablag‘larni manzilli ro‘yxatda ko‘rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirsin va ushbu mablag‘larning boshqa maqsadlarga ishlatilishi ta’qiqlansin.
  3. Ishchi komissiya va tuman hokimligi matbuot xizmati (R.Karimov)larga xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha Manzilli ro‘yxat” va boshqa axborotlarni O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” axborot portalida hamda tuman hokimligining rasmiy veb-sayti orqali aholi va keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borishi va har chorak yakuni bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashiga amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot berib borish vazifasi yuklatilsin.
  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Uzoqov zimmasiga yuklatilsin.
  5. 8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.

 Qarorni to'liq bu yersan yuklab oling.

 https://docs.google.com/document/d/1NuWnvn3thaNsIMwA9j97r99df4fYJWKz/edit?usp=sharing&ouid=108320285023579807524&rtpof=true&sd=true

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар