Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » Tuman  hududida isitish mavsumini boshlash to‘g‘risida

Tuman  hududida isitish mavsumini boshlash to‘g‘risida

10 ноябрь 2023 йил
218
0

 Tuman  hududida isitish mavsumini boshlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-sonli qarorining 1-ilovasi, 13-bandi hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2023-yil 18-oktyabrdagi 01-05/1900-sonli va “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialining 2023-yil 26-oktyabrdagi 31-01-20-309/4526-sonli xatlari hamda viloyat Gidrometeorologiya markazining xulosasini e’tiborga olib, Jizzax viloyati hokimining 2023 - yil 6 - noyabr 543-3-0-Q/23-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda uy-joy fondini                 2023-2024 yillar qish mavsumi davomida issiqlik bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 5-, 6- va 25-moddalariga asosan

                                      QAROR   QILAMAN:

  1. Jizzax viloyati hokimining 2023 - yil 6 - noyabr 543-3-0-Q/23-sonli qarori , Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2023-yil 18-oktyabrdagi 01-05/1900-sonli va “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialining 2023-yil 26-oktyabrdagi 31-01-20-309/4526-sonli xatlari ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Tuman hududida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari, ko‘p qavatli uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob’yektlarini  isitish mavsumi                 2023-yilning 07-noyabridan boshlanishi belgilab qo‘yilsin.
  3. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh b o‘limi (M.Egamberdiev), tuman elektr ta‘minoti  korxonasi (I.Norbekov), “Forishtumangaz” gaz ta’minoti bolimi (J.Xoldorov)va “Jizzax suv ta’minoti” MCHJ  Forish tumani  filali (F.Tuychiev)larga isitish mavsumi boshlanishi munosabati bilan ijtimoiy soha ob’yektlari va aholini belgilangan tartibda elektr, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rish hamda mazkur masalalar bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari ko‘rsatib o‘tilsin.
  4. Tumandagi  mulkchilik shaklidan qatiy nazar barcha tashkilotlar, korxonalar rahbarlariga foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun o‘z  vaqtida  to‘lovlarni amalga oshirish hamda ushbu masalaga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan korxona va tashkilotlar rahbarlariga nisbatan qonun doirasida tegishlichoralar ko‘rilishi belgilab qo‘yilsin.

      5.Tuman hokimligiga joylardagi iste’molchilarni kuz-qish mavsumi davrida elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz hamda ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlanishini doimiy nazoratga olish vazifasi topshirilganligi  ma’lumot uchun  qabul qilinsin.

       6.“Forishtumangaz” gaz ta’minoti bolimi (J.Xoldorov)ga  tuman  hududidagi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan hamda  mavsumiy  tabiiy  gaz iste’molchilariga 2023 yil 01 noyabr kunidan tabiiy gaz yetkazib berishni belgilangan tartibda to‘xtatish vazifasi yuklatilsin.

  1. “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi (B.Norbekov), Sanoat xavfsizligi viloyat hududiy boshqarmasi (A.Axmedov)ga kuz-qish mavsumida barcha iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berilishini nazorat qilish, noqonuniy foydalanuvchi iste’molchilarni aniqlash va ularga nisbatan qonunda belgilangan tartibda keskin choralar ko‘rish vazifasi topshirilganligi  ma’lumot uchun  qabul qilinsin.
  2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari F.Amirov  zimmasiga yuklansin.
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар