Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI

02 февраль 2024 йил
197
0

Korrupsiya haqida – Qonun hujjatlarida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

Odatda mansabdor shaxs tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan, shuningdek, bu bilan bog‘liq rasmiy nufuz maqomidan, imkoniyatlar va aloqalaridan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Iqtisodchi Berdxenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi.

Korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Korrupsiyaning tarixi antik davrlarga borib taqaladi.
Qadimgi Yunoniston davlatida oddiy xalq vakillari oqsoqollarga va turli darajadagi amaldorlarga sovg‘a-salomlar berishgan. Xuddi shunday holatlar qadimgi Misrda ham kuzatilgan.
Tadqiqotchilar korrupsiyaning asosiy sabablari sifatida to‘rtta omilni ko‘rsatadilar:

Birinchisi – iqtisodiy sabablar. Bu haqda, muhtaram Prezidentimiz o‘zlarining chiqishlarida ko‘p marotaba so‘z yuritib keladi. Korrupsiyaning bu ko‘rinishi ijtimoiy va iqtisodiy hayotni bevosita ma’muriy yo‘l bilan boshqarishga intilgan hokimiyat va byurokratiyaning mavqei baland bo‘lgan davlat sharoitida rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan turli xildagi cheklashlar, amaldorlarning keng, nazoratdan xoli, cheklanmagan yoki ruxsat berish, yoki taqiqlash vakolati korrupsiyaga zamin yaratadi. Shu bilan bog‘liq holda, yirik mablag‘larga ega bo‘lgan ayrim ishbilarmonlar o‘z daromadlarini ko‘paytirish maqsadida va raqobatda alohida imtiyozlarga ega bo‘lish uchun hukumat amaldorlarini pora evaziga sotib olib, ularni o‘z ixtiyorlariga bo‘ysundirishga intiladilar.

Ikkinchisi – huquqiy sabablar. Korrupsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog‘liqdir. Mukammal bo‘lmagan qonunlar ishlamaydi va ayrim uddaburonlar bundan ustalik bilan foydalanadilar.

 Uchinchisi – institutsional sabablar bo‘lib, ularga avvalo, davlat boshqaruvi tizimidagi nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, shuning natijasida, hukumat faoliyatining yopiqligi yoki fuqarolik nazoratidan xoliligi kiradi.

 To‘rtinchisi – ijtimoiy sabablar yoki jamiyatdagi muhit, aholining huquqiy bilimi, madaniyat darajasi, ma’naviyati, uyushqoqligi va jamoat faolligi pastligi kabi omillardir.
Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi.

Korrupsiyaning ta’siri nimalarda namoyon bo‘ladi? Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi.

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisadir. Zero, bu omil tufayli davlatning rivojlanishi sekinlashadi, hukumat tizimi ishdan chiqadi, demokratik institutlarga putur yetadi. U saylov jarayonlariga salbiy ta’sir qilib, qonun ustuvorligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Shu bilan birga, uning ta’siri ostida fuqarolarning ijtimoiy adolatga, haqiqatga va davlat organlariga ishonchi yo‘qoladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va prinsiplarini belgilashda bunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalasi qat’iy hisobga olingan.

Qonunga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, bu jarayonda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi. Hammamiz yaxshi bilamiz, qonun huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Vakolatlar, huquq va majburiyatlarni, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab beradi.

Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan ozod etish haqida hammamiz o‘ylashimiz, buning zaruratini har birimiz yuragimizdan o‘tkazishimiz, unga qarshi qat’iy kurashishimiz kerak. Bu kurash kundalik hayotimizdagi oddiy holatlardan boshlanadi.
Shifokordan yaxshiroq maslahat olish, navbatni tezlashtirish, reyting daftarchasiga tuzukroq baho qo‘ydirish va shu kabi vaziyatlarda o‘zimizni munosib tutishimiz lozim bo‘ladi. To‘g‘ri, hayotda turli holatlar va harakatlarga duch kelamiz. Ba’zida ko‘z o‘ngimizda qonunlar buziladi, inson huquqi, qadr-qimmati poymol etiladi. Bunday vaziyatlarda chorasizlikdan odamning boshi gangib qoladi. Lekin, unutmaylik, xalqimizda "Kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan afzaldir" degan naql bor. Jamiyatimizdagi har qanday jarayonga loqayd munosabatda bo‘lmaslik barchamizning ustuvor burchimizdir. Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashishni biz, eng avvalo, o‘zimizdan boshlashimiz darkor. Buning uchun esa shaxsning huquqiy ong va huquqiy madaniyati yetarli darajada shakllangan bo‘lmog‘i kerak.

N. ERNAZAROV,
Jizzax viloyat sudining sudyasi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар