Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » Aholini roʻyxatga olish davrida internet tarmogʻidan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtish

Aholini roʻyxatga olish davrida internet tarmogʻidan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtish

12 сентябрь 2024 йил
84
0

Aholini roʻyxatga olish davrida Respondentlar internet tarmogʻiga ulangan holda, shaxsiy kompyuteridagi web brauzerdan foydalanib, oʻzlari axborot tizimida joylashtirilgan soʻrovnomalarni kiritish imkoni bor. Respondentlar ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun Aholini roʻyxatga olish davrida internet tarmogʻidan foydalangan holda, roʻyxatdan oʻtish uchun ajratilgan kunlarda soʻrovnomalarni oʻzlariga qulay boʻlgan vaqtda toʻldirishlari kifoya qiladi.

Axborot tizimida Respondentlar tomonidan soʻrovnomalarni toʻldirish uchun, avvalo, quyidagi manzilga murojaat qilishlari talab etiladi: census.stat.uz

Respondentlar ushbu manzilga murojaat qilganlarida, axborot tizimining asosiy sahifasi web brauzerda yuklanadi. Ushbu sahifada Respondentlar tegishli boʻlimlarga murojaat qilganlarida, quyidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqish mumkin:

-Aholini roʻyxatga olish haqida barcha maʼlumotlarni olish; (Aholini roʻyxatga olishning tarixi, maqsadlari, vazifalari va oʻtkazish tartibi)

- Respondentlar tomonidan koʻp beriladigan savollarga javoblarni olish;

-Roʻyxatdan oʻtish uchun kelishuv shartlari bilan tanishish;

- Roʻyxatdan oʻtish uchun foydalanuvchi qoʻllanmasi bilan tanishish;

- Respondentlarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob olish uchun Statistika agentligining masʼul xodimlari bilan bogʻlanish;

- Statistika agentligi tomonidan oʻtkazilayotgan Aholini roʻyxatga olish jarayonlarini bevosita ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borish.

Shuningdek, sahifani oʻzbek tilida (lotin va kirill alifbosida), rus tilida hamda qoraqalpoq tilida koʻrib chiqish mumkin.

Axborot tizimining asosiy sahifasida Respondentlar OneID tizimi orqali roʻyxatdan oʻtib tizimning asosiy funksiyalaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Respondentlar OneID tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun oʻzlari uchun qulay boʻlgan roʻyxatdan oʻtish turini tanlash imkoniyatiga egalar. Quyida roʻyxatdan oʻtish turlari va ularning qisqacha tavsifi bilan tanishish mumkin:

-Login va paroldan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtish. Ushbu holatda Respondentlar OneID tizimida oʻzlarining shaxsiy maʼlumotlaridan foydalangan holda, oʻzlari istagan login va parolni roʻyxatdan oʻtkazishlari mumkin.

-Mobile-ID dan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtish. Ushbu holatda Respondentlarning shaxsiy telefon raqamlarida Mobile-ID xizmati ulangan boʻlib, ular telefon raqamlarini kiritishadi va ushbu raqamga kelgan maxsus kodni kiritishlari talab etiladi.

-ERI kalitidan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtish. Ushbu holatda Respondentlardan jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladigan ERI kalitlari orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

-ID-kartadan foydalangan holda roʻyxatdan oʻtish. Ushbu holatda Respondentlar oʻzlarining JSHSHIR raqamlari va parolni kiritishlari talab etiladi.

Bundan tashqari, ushbu jarayonda OneID tizimi ushbu Respondentga tegishli boʻlgan baʼzi shaxsiy maʼlumotlarni Aholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimiga taqdim etadi. Ushbu maʼlumotlar asosida axborot tizimi shaxslarni identifikatsiyalash jarayonidan oʻtkazadi. Identifikatsiyalash jarayoni axborot tizimiga boʻladigan tashqi hujumlar ehtimolini kamaytirib, yolgʻon va tasdiqlanmagan maʼlumotlar kiritilishini oldini oladi.

Tuman statistika boʻlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар